background
logotype
image1 image2 image3

Nikoh aqdi nima?

Savol«Nikoaqdi»«mah haqida ma'lumot bera olasizlarmi?

JavobNikoh aqdi iyjob (taklif) va qabuldan iborat. Taklif erkak yo uning vakilidan bo‘lishi mumkin. Ayol yo uning vakili ham nikoh aqdini taklif etishi joiz. Qabul taklifga munosib tarzda, ikkinchi tarafdan bo‘ladi.

Nikoh aqdi uchun barcha maqbul ko‘rgan lafz «Men sizga tegdim» lafzidir. Ayol guvohlar huzurida erga «Men sizga tegdim», desa yo uning vakili: «Meni vakil qilgan qizni sizga xotinlikka berdim», deb aytsa, nikoh aqdini taklif qilgan bo‘lib, ikkinchi tomon er «Qabul qildim», deyishi bilan (tubandagi shartlar ila) nikoh aqdi bog‘langan hisoblanadi.

Nikoh aqdi paytidagi guvohlar balog‘atga yetgan, ozod, musulmon ikki er yo mazkur sifatli ikki ayol va bir er bo‘lishlari hamda nikohlanuvchilarning iyjob va qabul so‘zlarini eshitishlari nikoh aqdining muhim shartidir. Nikohlanayotgan er va ayol ham bir-birlarining iyjob va qabullarini guvohlar huzurida eshitishlari shart. Nikohlanuvchilarning ota, aka-uka kabi qarindoshlari ham nikoh aqdiga guvoh bo‘lishlari mumkin.

«Iyjob» va «qabul» bilan birga mahr miqdori ham aytiladi. Mahrning naqd va nasiya miqdori ko‘rsatiladi. Shuningdek, ayolning boshqa shartlari, masalan, ixtiyorini o‘zida qoldirib, xohlagan joyda yo ma'lum muddatda bir boin taloq qilish huquqini olish kabi shartlari bo‘lsa, iyjob va qabul vaqtida aytishi kerak.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.