background
logotype
image1 image2 image3

Mahr berishning belgilangan alohida muddati bormi?

SavolMahr berishning belgilangan alohida muddati bormi?

JavobMahr berish vaqti kelishuv asosida belgilanib, nikoh aqdi paytida naqd yo undan so‘ng nasiya bo‘lishi mumkin. Agar muddati belgilanmagan bo‘lsa, urfga e'tibor qilinadi.

Mahr naqd tayin qilinib, hali uzilmagan holda ayol turmush munosabatlariga kirishmaslikka haqqi bor. Bu hol ayolning nafaqasini er zimmasidan soqit etmaydi.

Nikohdan so‘ng ayol olgan mahrini eriga hadya qilishi yoki miqdorini kamaytirishi mumkin.

Nikohdan so‘ng qovushuv, xilvatda yolg‘iz qolishlari, er yo xotindan birining vafoti mahrni to‘la berishni vojib etadi. Agar er qovushuv sodir bo‘lmay yo xilvati sahihada qolmay, xotinini taloq qilsa, mahrning yarmini berishi vojibdir. Ammo bu holda mahr miqdori belgilanmagan bo‘lsa, er xotiniga muta' (ro‘mol, ko‘ylak va chadra) taqdim etishi vojib bo‘ladi.

Shuningdek, mahri belgilanib, qovushuvdan oldin ajralishgan ayoldan boshqa barcha qo‘yilgan ayollarga erining muta' taqdim etishi mustahabdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.