background
logotype
image1 image2 image3

Mahr berilmasa, nima bo‘ladi?

SavolEr xotiniga mahrgadeb nimadir va'da qilsa-yulekin ma'lum vaqtdan keyin ham olibbermasanikoh halol bo‘ladimi?

JavobTurmush qurmoqchi bo‘lganlarning nikohi durust bo‘lishining sharti shunday: ikki er yoki bir er va ikki ayol huzurida eshittirib ayol «tegdim» yo «o‘zimni bag‘ishladim», degach, er «qabul qildim», deyishi lozim. Bu so‘zlar bir joyda aytilishi va uni guvohlar hamda turmush qurmoqchi bo‘layotganlarning har biri eshitishi kerak.

Nikohdan so‘ng er ayoli bilan bo‘lgach, mahrni naqd bo‘lsa, berishi vojib bo‘ladi. Agar bir muddat belgilab nasiya qilgan bo‘lsa, muddati kelgach, berishi lozim. Agar er va'dasini bajarmay, mahrni paysalga solsa, nikoh buzilmaydi, ammo ayol o‘zidan erining bahra olishiga ruxsat bermaslikka haqli bo‘ladi («Fatovoi Hindiya»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.