background
logotype
image1 image2 image3

Kimlar nikoh tufayli mahram hisoblanadi?

Savol: Kimlar nikoh tufayli mahram hisoblanadi?

Javob: Quyidagilar  siz aytgan mahramlar qatoriga kiradi:

- ota-onaning, ularning ota-onalarining  juftlari (ya'ni, o‘gay ota-onalar);

- farzandlarning juftlari;

- qaynona-qaynotalar, ularning ota-onalari (Bu mahramlikka nikoh bo‘lishining o‘zi kifoya, qovushish shart emas);

- er-xotinning boshqa oilalaridan bo‘lgan farzandlari har ikkalasi uchun ham mahramdir.

1.Nikoh tufayli mahram bo‘lgan ayollar:

- otaning nikohida bo‘lgan ayoli (u ham ona hukmida). U ayolning onalari, buvilari;

- o‘g‘illarning, nabiralarning xotinlari-kelinlar;

- xotinning onalari, ota-onalarining  onalari. Bu ayollar nikoh o‘qilishi bilan mahramga aylanadi.

- o‘gay qizlar, o‘gay o‘g‘il-qizlarning qizlari. Ya'ni, xotinning avvalgi  oilasidan bo‘lgan qizlari. Bunda erkak ayol bilan qovushganidan keyingina o‘gay qizlar mahramga aylanadi.

2.Nikohi tufayli mahram bo‘lgan erkaklar:

- o‘gay otalar, ularning otalari (onasining u er bilan qovushganlik sharti bilan);

- qizlarning, nabira qizlarning erlari (bu mahramlikka nikohning o‘zi kifoya).

- erning otasi, erning ota-onasining otalari;

- o‘gay o‘g‘illar, o‘gay o‘g‘il-qizlarning o‘g‘illari.

Nikoh tufayli mahram bo‘lgan zotlar emikdoshlik va zino sobit bo‘lganda ham mahramga aylanadi. Masalan, erkakka xotinining boshqa erdan bo‘lgan qizi va xotinining onasi harom bo‘lgani kabi xotinining emizgan qizi va emgan onasi ham haromdir. Shuningdek, zino qilgan ayolning qizi, onasi, emizgan qizi, emgan onasi ham abadiyan haromdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.