background
logotype
image1 image2 image3

Kimlar bilan nikohlanish harom?

Savol: Kimlar bilan nikohlanish harom?

Javob:

1. Nasl-nasab va avlod jihatidan nikohi harom bo‘lgan ayollar:

a) ona, ota-onaning onalari, buva-buvilarning onalari va hokazo;

b) qizlar, o‘g‘il-qizlarning qizlari va barcha qiz nabiralar;

v) opa-singillar, aka-uka va opa-singillarning qizlari, qiz nabiralari;

g) ammalar, xolalar, ota-onaning amma-xolalari. Ularning qizlariga uylanish mumkin.

2. Nasl-nasab va avlod jihatidan nikohi harom bo‘lgan erkaklar:

a) ota, ota-onaning otalari, buva-buvilarning otalari va hokazo;

b) o‘g‘illar, o‘g‘il-qizlarning o‘g‘illari va barcha o‘g‘il nabira-chevaralar;

v) aka-ukalar, aka-uka va opa-singillarning o‘g‘illari, o‘g‘il nabiralari;

g) amakilar, tog‘alar, ota-onaning amaki-tog‘alari. Ularning o‘g‘illariga nikohlanish harom emas.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.