background
logotype
image1 image2 image3

Vitr namozi qanday ado etiladi?

Savol: Vitr namozining uchinchi rakatida qunut duosini o‘qimaganim ruku'da yodimga tushdi. Qiyomga qaytib qunut duosini o‘qidim. So‘ng qayta ruku' qilmay, sajdaga bordim. Namozim buzilmaydimi? Vitr namoziga bog‘liq boshqa masalalarni ham bayon qilsangiz.

Javob: Bu holda ruku' o‘z o‘rnida, ya'ni qiroatdan so‘ng qilingani uchun namoz buzilmaydi. Shunday bo‘lsa-da, qunut duosini o‘qimay ruku' qilgan holda ruku'dan qunut duosini o‘qish uchun qaytmaslik kerak.

Agar vitrning uchinchi rakatida Fotiha surasidan so‘ng sura o‘qishni unutib qunut duosini o‘qisa va ruku'ga borganda sura o‘qimagani yodiga tushsa, ruku'dan qaytib sura va qunut duosini takror o‘qiydi va qayta ruku' qiladi. Chunki ruku' qiroatdan (Fotiha va zam suradan) so‘ng qilinishi kerak. Shuning uchun avvalgi ruku' hisob bo‘lmaydi.

Vitr namozida necha rakat o‘qiganini bilmay adashib qolsa, turgan rakatida qunut duosini o‘qiydi va ruku', sajda qilib o‘tirib, tashahhud o‘qiydi. So‘ng qancha rakat qolganini o‘ylasa, ularning hammasida qunut duosini va barcha rakatdan so‘ng o‘tirib tashahhudni o‘qiydi.

Vitr namozining ikkinchi rakatidan so‘ng o‘tirmay turib ketsa, qaytib o‘tirmaydi.

Qunut duosini adashib birinchi yo ikkinchi rakatda o‘qib qo‘ysa, uchinchi rakatda qayta o‘qimaydi.

Vitr namozida ham barcha namozlardagi kabi Qur'oni karimdagi tartibga rioya qilib, Fotihadan so‘ng istalgan suralar qo‘shib o‘qiladi. Mazkur holatlarning barchasida sajdai sahv lozim bo‘ladi. ("Saraxsiy", "Durrul Muxtor", "Olamgiriya")

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.