background
logotype
image1 image2 image3

Tilovat sajdasi haqida

Savol: Qur'oni karim suralarida qaysi oyatlar sajda oyatlaridir? Ular haqida ma'lumot bersangiz.

Javob: Qur'oni karimning o'n to'rt surasida sajda oyatlari bor. Ularni o'qigan yoki eshitgan kishi bir bor sajda qilishi vojibdir. Bu tilovat sajdasi, deyiladi. Sajda oyatlari kelgan suralar quyidagilar: A'rof surasining 206-oyati, Ra'd surasining 15-oyati, Nahl surasining 49-oyati, Isro surasining 107-oyati, Maryam surasining 58-oyati, Haj surasining 18-oyati, Furqon surasining 60-oyati, Naml surasining 24-oyati, Sajda surasining 15-oyati, Sod surasining 24-oyati, Fussilat surasining 37-38-oyatlari, Najm surasining 62-oyati, Inshiqoq surasining 21-oyati, Alaq surasining 19-oyati.

Hayz va nifosdagi ayollar sajda oyatini eshitsa (o'qishlari esa o'z-o'zidan mumkin emas), ularga tilovat sajdasi qilish vojib bo'lmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.