background
logotype
image1 image2 image3

Sutra qanday bo‘lishi kerak?

Savol: Goho odamlar o‘tishi mumkin joyda namoz o‘qilganda sutra (to‘siq) topilmasa, o‘rniga poyabzal yoki sumkani qo‘ysa bo‘ladimi?

Javob: Yo‘q, bunday narsalar sutra o‘rni ga o‘tmaydi. Sutraning bo‘yi gaxminan yarim metr, qalinligi kamida barmoqdek bo‘ladi. Bundan ingichka bo‘lsa, ko‘z ilg‘amasligi, natijada to‘siqdan ko‘zda tutilgan maqsad hosil bo‘lmasligi mumkin. Namozxon sutraga yaqin turadi. Sutra tik qilib qo‘yiladi. Poyabzal kabi sutra shartiga javob bermaydigan narsalar to‘siq bo‘lishga yaramaydi. Sajdaga bosh qo‘yadigan joygacha bo‘lgan oraliqdan o‘tmoqchi bo‘lgan kishi tasbeh ("Subhanalloh" deyish) yoki imo-ishora (ko‘z, bosh, qo‘l va hokazo) bilan to‘xtatiladi. Ammo ham tasbeh aytib, ham imo-ishora bilan to‘xtatish, shuningdek, xoh sutra bilan, xoh sutrasiz odamlar o‘tib-qaytadigan yo‘l ustida namoz o‘qish makruhdir. ("Hidoya" va "Sharhi Ilyos")

Dinda savolim bor

 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.