background
logotype
image1 image2 image3

Sutra nima?

Savol: Sutra nima?

Javob: Sutra to‘siqdir. U barmoq yo‘g‘onligida, yarim metrdan uzunroq, cho‘p kabi narsa bo‘lib, ochiq joyda namoz o‘qilayotganda kesib o‘tuvchilar gunohkor bo‘lmasin deb, ikki qoshning biri to‘g‘risiga yerga sanchib qo‘yiladi. Katta masjidlarda ustun yo qiblaga qarab o‘tirgan kishi sutra o‘rniga o‘tadi. Jamoat bilan o‘qilayotgan namozda imomning sutrasi jamoatga ham kifoya bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.