background
logotype
image1 image2 image3

Sunnatning qazosi o‘qiladimi?

Savol: Yaqinda masjidda bomdodning farzini tugatganimdan so'ng bir birodarimiz qaytadan namozga quloq qoqdi. Keyin surishtirsam, kech qolgani uchun bomdodning sunnati qazosini o'qiyotgan ekan. Shu to'g'rimi?

Javob: Bomdodning sunnatini o'qimagan odam jamoat farz namozini boshlaganda masjidga kirib kelsa, chamalab ko'radi: agar sunnatni o'qisa, farzning biror rakatiga ulgurishga ko'zi yetsa, safdan chetroqda sunnatini o'qib tugatadi va imomga iqtido qiladi. Bordi-yu, farzning biror rakatiga ulgurmaydigan bo'lsa, sunnatni tark etib, farz namoziga qo'shiladi. Bomdod namozining sunnati tanho qazo qilib o'qilmaydi. Faqat uxlab qolib vaqtini o'tkazib yuborgan bo'lsa, farzi bilan qo'shib sunnatning ham qazosini o'qiydi. Bomdod sunnatidan boshqa namozlarning sunnatlari qazosi o'qilmaydi («Muxtasari-viqoya», «Fatovoi olamgiriya», «Hidoya»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.