background
logotype
image1 image2 image3

Salomda ham niyat bormi?

SavolNamoz oxirida «Assalomu alaykum va rohmatulloh»deb salom berish kerakliginibilamanAmmo bir do‘stim bunda «insonlarga va farishtalarga»deb niyat qilish kerakliginiaytdiBuni yaxshi tushunmadimSalom berganda ham niyat qilinadimi?

Javob: Namozni «Assalomu alaykum va rohmatulloh», deb salom berib tugatish namoz vojiblaridan biridir. Namoz oxirida bosh avval o‘ng, keyin chap tomonga burilib, ikki bor salom beriladi. Chap tarafga qarab berilgan salom o‘ngdagiga qaraganda pastroq tovushda bo‘lishi sunnatdir. Har ikki tarafga salom berganda ham boshni kurakni ko‘radigan darajada burib, so‘ng «Assalomu alaykum va rohmatulloh», deyiladi. Agar namozni yolg‘iz o‘qiyotgan bo‘lsa, har ikki tarafga salom berganda ham salomni farishtalarga berayotganini ko‘nglidan o‘tkazadi. Agar jamoat bilan o‘qiyotgan va imomning ortida turgan bo‘lsa, har ikki tarafga salom berganda imomga, farishtalarga va yonidagi musulmonlarga salom berayotganini ko‘nglidan o‘tkazadi. Agar imom o‘ngda yoki chapda turgan bo‘lsa, faqat o‘sha tarafga salom berganida mazkurlarga qo‘shib imomga ham salom berganini ko‘nglidan o‘tkazadi. Imom esa har ikki tarafga salom berganida farishtalarga va musulmonlarga salom berganini ko‘nglidan o‘tkazadi («Muhit»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.