background
logotype
image1 image2 image3

Qazo bo‘lgan namoz vaqti kirgan namozdan avval o‘qiladimi yoki keyinmi?

Savol: Qazo bo‘lgan namoz vaqti kirgan namozdan avval o‘qiladimi yoki keyinmi?

JavobKim bir namozni o‘tkazib yuborsa, ya'ni biror sabab tufayli o‘qiy olmagan bo‘lsa, uni vaqti kirgan namozdan avval o‘qishi lozim. Masalan, asr namozini qazo qilgan bo‘lsa, uni shom namozidan oldin o‘qishi kerak. Ammo o‘qimagan (asr) namozini o‘qiydigan bo‘lsa-yu, keyingi namoz (ya'ni, shom) vaqti ham o‘tib ketadigan bo‘lsa, unda avval keyingi (shom) namozini o‘qib olib, so‘ngra o‘qimagan (asr) namozi qazosini o‘qiydi.

Agar besh vaqt namozlarni o‘tkazib yuborgan (ya'ni, qazo qilgan) bo‘lsa, ularni tartibi bilan (avval bomdod, peshin, asr va hokazo) qazosini o‘qishi kerak. Vitrni o‘qimagan bo‘lsa, bomdoddan oldin o‘qishi lozim.

Agar qazo namozlar oltita yoki undan ortiq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi hamda ular va vaqti kirgan namoz orasidagi tartib soqit bo‘ladi. Ya'ni, avval vaqti kirgan namozni o‘qish mumkin. Shuningdek, o‘tkazib yuborilgan namozlarning istaganidan boshlab qazolarini o‘qishi ham joiz bo‘ladi.

Vaqti kirgan namozini o‘qiyotib qoldirgan namozi yodiga tushib qolsa, shu vaqt namozi buziladi («Hidoya»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.