background
logotype
image1 image2 image3

Namozni buzishga qaysi holatda ijozat berilgan?

Savol: Ba'zan shunaqa vaziyatlar paydo bo‘ladiki, namozni ham buzishga to‘g‘ri keladi. Umuman, qanday hollarda namozni buzishga ijozat berilgan?

Javob: Shariatimiz o‘ta noiloj qolingan holatlarda namozni qasddan buzishga ijozat bergan. Quyida shulardan ayrimlarini ko‘rib chiqaylik:

1. Qiyin ahvolda qolgan kishining yordam so‘rab chaqirganini eshitganida yordam berish maqsadida namozni buzish vojibdir.

2. Bir dirham kumush muqobil qiymatida bo‘lgan narsaning boshqa kishiniki bo‘lsa ham, o‘g‘irlanish xavfi tug‘ilganida namozni buzish joizdir.

3. Farz namoz o‘qiyotgan kishining ota-onasidan biri chaqirganida namozni buzish joiz emas.

4. Bolaning o‘lib qolishidan qo‘rqqan onaga namozni buzish vojib. O'lim xavfi bo‘lmagan paytda ham onanmng bola bilan mashg‘ul bo‘lib, namozni kechiktirishining zarari yo‘q.

5. Musofir kishi ham o‘g‘ri yoki qaroqchilarning hamlasidan qo‘rqqanida namozni kechiktirishi mumkin. ("Nurul izoh")

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.