background
logotype
image1 image2 image3

Namozlarning afzal vaqti

SavolNamozni vaqtida o‘qigan afzaldeyishadiAna shu maqbul vaqtlar qachon kiradi?

JavobBesh vaqt namozning har biri aytilgan vaqtlarida o‘qilsa, o‘z vaqtida o‘qilgan hisoblanadi. Ammo bamdod namozini subhi sodiq kirgandayoq emas, balki tong yorishgach, quyosh chiqishidan oldinroq o‘qish mustahab bo‘ladi. Quyosh chiqishidan qancha oldin ekanini ulamolar aniqroq qilib quyidagicha belgilashgan: ya'ni, mabodo tahorati singanligi ma'lum bo‘lsa, yangidan tahorat olib o‘qiguncha vaqt qolsin.

Peshin namozini qishda avvalgi vaqtida, yozda soya bo‘yga bir barobar bo‘lishidan avvalroq o‘qish mustahabdir.

Asr namozini barcha vaqtda quyosh gardishida o‘zgarish boshlanmagan muddatgacha kechroq o‘qish mustahab bo‘ladi.

Shom namozini hamisha quyosh botishi bilanoq o‘qish mustahab.

Qish kunlari xufton namozini tunning birinchi uchdan bir qismi o‘tgandan keyin, yoz kunlari esa ertaroq o‘qish mustahabdir.

Vitr namozini uyg‘onishga ko‘zi yetsa, kechaning oxirida, subhi sodiqdan oldin o‘qish mustahab bo‘ladi. Ammo uyg‘onishga ko‘zi yetmasa, xufton namozidan so‘ngo‘qishi mustahabdir.

Haj marosimida Arafot tog‘i va Muzdalifa vodiysidan boshqa joyda bir namoz vaqtida ikki namoz jam qilib o‘qilmaydi.

Iyd namozining vaqti quyosh chiqib, ikki nayza barobarida ko‘tarilganidan to zavoligachadir.

Uch vaqtda, ya'ni quyosh chiqayotganida (to bir yoki ikki nayza ko‘tarilgunicha), tik bo‘lganida va botayotganida (shu kungi asr namozidan boshqa) hech qanday namoz o‘qib bo‘lmaydi.

Tong otib, quyosh chiqquncha va asr namozidan so‘ng shom namozi o‘qilguncha nafl va ikki rakat tavof namozini o‘qish makruhdir. Shuningdek, imom xutba qilayotganda va iyd namozlaridan oldin ham nafl namozlarini o‘qish makruh bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.