background
logotype
image1 image2 image3

Namozimizni komil qilish uchun uni buzuvchi narsalarni ham bilishimiz kerak. Ular qaysilar?

Savol: Namozimizni komil qilish uchun uni buzuvchi narsalarni ham bilishimiz kerak. Ular qaysilar?

Javob: Quyidagilar namozni buzuvchi narsalardir:

Namozga niyat qilib, takbiri tahrima aytib, namozga kirgach, namoz amallaridan boshqa amallarni qilish mumkin bo‘lmaydi. Namozga kirgach, quyidagilarni qilish namozni buzadi:

1. Gapirish (qasddan yo adashib bo‘lsa-da).

2. Kishiga salom berish.

3. Salomga alik olish.

4. Uzrsiz tomoqni qirish.

5. Ah, oh, uf deb ovoz chiqarish.

6. Og‘riq yoki musibatga ovoz chiqarib yig‘lash.

7. O‘zi eshitadigan darajada kulish.

8. Aksa urganda javob berish («Yarhamukalloh» deyish).

9. Savolga va xabarga oyatlar bilan bo‘lsa-da, javob berish.

10. Biror narsani yeb-ichish.

11. Namozni jamoat bilan o‘qiganida yoniga turgan odamga joy berish uchun surilish.

12. Qiroatni Qur'oni karimga qarab qilish.

13. Amali kasir (ko‘rgan odam «namoz o‘qimayapti» degan o‘yga boradigan darajadagi biror ishni) qilish.

14. Najas ustiga sajda qilish.

15. Ko‘krakni qibladan burish.

16. To‘xtamay bir saf miqdoridan ko‘p yurish.

17. Sajda holida oyoq panjalarini yerdan ko‘tarish.

!8. Qiroatni ma'no o‘zgaradigan darajada buzish.

19. Namoz farzlaridan birortasini uzrsiz qoldirish.

20. Namozning to‘la bir ruknida avratning ochiq bo‘lishi.

21. Tahoratning ketishi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.