Namozdagi qiroat xususida, uni xato qilganda namozga ta'siri haqida bayon etsangiz
Savol: Namozdagi qiroat xususida, uni xato qilganda namozga ta'siri haqida bayon etsangiz.
Javob: Qur'oni karimni tajvid qoidasiga muvofiq o‘qish har bir musulmonga farzdir. Xususan, namoz uchun lozim bo‘lgan miqdorni bexato o‘qish barcha namozxonga vojib.
Qiroatdagi xalal namozga ta'sir etadi. Ba'zi hollarda namozni fosid qiladi ham.
Xato nimalarda sodir bo‘ladi:
E'robda. Ya'ni, so‘z harakatlarida («a», «i», «u»), madlarda, tashdidlarda xato bo‘lishi mumkin. Ya'ni, harakatlarni almashtirib, cho‘zilishi lozim o‘rinlarni qisqa qilib, ikki bir xil harfning birini tashlab o‘qish kabi xatolar.
Harflarda. Ya'ni, bir harf o‘rniga boshqasini talaffuz qilish yo tashlab ketish va qo‘shish kabi xatolar.
So‘zlarda va jumlalarda. Ya'ni, so‘zni tashlab ketish yo qo‘shish, o‘rinlarini almashtirish kabi xatolar.
To‘xtashda. Ya'ni, to‘xtash lozim bo‘lgan o‘rinlarda to‘xtamaslik yoki to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda to‘xtash kabi xatolar.
Bu xatolar sababidan oyat yo so‘z ma'nosi asl ma'nodan keskin o‘zgarsa, namoz fosid bo‘ladi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.