background
logotype
image1 image2 image3

Namozdagi makruh amallar qaysi?

Savol: Namoz chog'ida qaysi amallarni qilish karohiyatli sanaladi?

Javob: Quyidagilar namozdagi makruh amallar hisoblanadi:

- namozda xushu'siz, beparvo qilingan har bir amal;

- namoz o'quvchi kishi ibodat paytida sajdasi uchun xalaqit beradigan mayda toshlarni surib tashlashi (ammo bir marta surish mumkin);

- agar namozxon tuproqqa sajda qilgan bo'lsa, namozdan turganda peshonasini tozalab artishi;

- namoz o'quvchining sajdani bosh kiyimi pe-shonasiga tushgan holda qilmoqligi;

- er namozxon sajda holatida ikki qo'lining bilagidan to tirsagigacha yerga tekkizmoqligi;

- namoz paytida erlarning sochni turmak qilib olishi;

- namoz o'quvchi kiyimini osiltirib yoki yelkasiga tashlab yoxud yig'ishtirib, yengni shimarib olishi;

- qavmga imom bo'luvchi kishining qavmdan farqli darajada balandda turishi;

- namoz o'quvchi avvalgi safda bo'sh joy bo'la turib keyingi safda turishi;

- namozxonning kiyimida, sajdagohida va orqa tarafidan boshqa joylarida hayvonot yoki inson surati bo'lishi (lekin bu surat juda kichik yoki boshi o'chirilgan bo'lsa, zarari yo'q);

- namozxonning eski ish kiyimi bilan ibodat qilishi;

- namoz o'qiyotgan paytida qiroatini va tasbehlarini qo'l bilan sanab turmokligi.

Makruh bo'lmagan amallar:

1. Namoz o'qimayotgan kishining orqasida namoz o'qimoqlik;

Namoz o'quvchining namozda turgan holda ilon-chayon kabi gazandalarni o'ldirmoqligi makruh sanalmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.