background
logotype
image1 image2 image3

Namozda ko‘zni yumib tursa bo‘ladimi?

Savol: Ba'zan masjidlarda ayrim namozxonlarning ko‘z yumgan holda namoz o‘qishayotganiga guvoh bo‘lib qolaman. Shu to‘g‘rimi?

Javob: Yo‘q, bunday namoz o‘qish sunnatga xilofdir. Payg‘ambarimiz alayhissalom hech qachon ko‘zlarini yumib namoz o‘qimaganlar. Oisha onamiz roziyallohu anho: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qisalar, boshlarini egib, yerga qarab turar edilar", deb aytganlar (Hokim rivoyati). Boshqa bir rivoyatda Nabiy alayhissalomning namozlari sajda o‘rnidan nariga o‘tmagani naql qilingan(Hokim rivoyati).

Namozda har bir a'zoning o‘z o‘rni bor, shuningdek, ko‘zniki ham. Bu haqda fiqh kitoblarimizda batafsil yoritilgan. Ya'ni, qiyomda sajda o‘rniga, ruku'da oyoqlar orasiga, sajdada burun uchiga, qa'dada (o‘tirganda) ko‘krakka qarab turiladi.

Ko‘zni yumib namoz o‘qish kishini sunnatning savobidan mahrum qiladi. Ulamolar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amallariga ters bo‘lgani uchun bu holni makruh sanashgan. Ammo bir toifa olimlar ko‘zni yumishga ruxsat bergan o‘rin ham bor. Masalan, namozda ko‘zni ochib turish xushu'ga to‘sqinlik qilsa, qibla tarafda zeb-ziynat, bezak yoki xayolni chalg‘ituvchi narsalar bo‘lsa, fikrni jamlash uchun ko‘z yumish makruh emas. Ammo ko‘zni ochish xushu'ga xalal bermasa, shunisi afzaldir, chunki bu sunnat amaldir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.