background
logotype
image1 image2 image3

Namozda ikkilanib qolinsa...

SavolInsonchilik ekangohida namozni necha rakat o‘qiganim borasida ikkilanib qolaman.Bunday hollarda qanday yo‘l tutishim kerak?

JavobAgar namozxon necha rakat o‘qiganini bilmay qolsa va bu birinchi marta yuz bergan bo‘lsa, namozini buzib yangidan o‘qiydi. Lekin tez-tez sodir bo‘lsa, namozini buzmaydi. Balki gumoni g‘olib bo‘lgan rakatni hisobga olib, namozini davom ettiradi. Agar gumoni bir tomonga g‘olib bo‘lmasa, unda rakatining ozini e'tiborga oladi. Misol uchun, «Uchinchi rakatmi yo to‘rtinchi rakatmi?» deb gumonda bo‘lsa, uchinchi rakat, deb hisoblaydi va o‘tirib tashahhud o‘qishi vojib bo‘ladi. Keyin yana o‘rnidan turib, to‘rtinchi rakatni o‘qiydi va oxirida sajdai sahv qiladi.

Agar to‘rt rakatli namozning birinchi va ikkinchi rakatida ikkilanib qolsa, birinchi rakat, deb hisobga oladi va o‘tirib tashahhud o‘qiydi. So‘ngra turib, ikkinchi rakatni o‘qiydi, yana o‘tiradi va tashahhud o‘qiydi. So‘ng turib, uchinchi rakatni o‘qigach, yana o‘tiradi va tashahhud o‘qiydi. Keyin yana turib, bir rakat o‘qiydi va namoz oxirida sajdai sahv qiladi. Demak, to‘rt rakatli namozlarda bir yoki ikki rakat o‘qiganligini bilmay, gumon qilgan kishi u namozni to‘rt qa'da (o‘tirish) bilan tugatadi. Bu holda qa'dalarning ikkinchi va to‘rtinchisi farz, qolganlari vojibdir. Adashgan barcha hollarda namoz oxirida sajdai sahv qilinadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.