background
logotype
image1 image2 image3

Namozda Fotiha surasidan so‘ng o‘qiladigan suralar belgilanganmi?

Savol: Namozda Fotiha surasidan so‘ng o‘qiladigan suralar belgilanganmi?

Javob: Namozda Fotiha surasidan so‘ng muayyan surani muayyan namozda o‘qish belgilab qo‘yilmagan. Ammo namozlarda Fotiha surasidan so‘ng sunnatga muvofiq o‘qiladigan suralarning kalta-uzunligi ko‘rsatilgan. Binobarin, fursat keng bo‘lganida, bomdod va peshin namozlarida Buruj surasidan oldingi suralarni, asr va xufton namozlarida Bayyina surasidan oldingi suralarni o‘qish sunnatdir. Fursat oz bo‘lsa, shundan kelib chiqib o‘qiladi («Sharhi viqoya»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.