Namoz vaqti qachon kiradi?
Savol: Namozni vaqtida o‘qish farz hisoblanadi. Ammo peshin va asr namozlari vaqti faslgaqarab turlicha bo‘ladi, deyishadi. Shuni to‘laroq tushuntirib bera olmaysizlarmi?
Javob: Bomdod namozining vaqti subhi sodiqdan quyosh chiqqunichadir. Sharqiy ufqda ko‘ndalang bo‘lib ko‘ringan yorug‘lik subhi sodiqdir.
Peshin namozining vaqti zavoldan har bir narsaning soyasi o‘z bo‘yining ikki barobariga yetgunchadir. Zavoldagi soya bunga kirmaydi.
Quyosh og‘ishga kelgan vaqti «zavol», deyiladi. Zavoldagi soya turli joylar va oylarda turlichadir. Bizning diyorda har bir kishining zavol vaqtidagi soyasi o‘z qadami (oyoq-tovondan panjalar uchigacha) bilan o‘lchanganida: saratonda bir yarim, asad oyida ikki yarim, sunbulada uch yarim, mezon oyida besh yarim, aqrab oyida yetti yarim, qavs oyida to‘qqiz yarim, jadiyy oyida o‘n yarim, dalv oyida sakkiz yarim, hut oyida olti yarim, hamal oyida to‘rt yarim, savr oyida uch yarim, javzoyida esa ikki yarim qadam bo‘ladi. Odatda har bir odam bo‘yi o‘z qadami bilan yetti qadam bo‘ladi. Binobarin, deylik, hut oyida kishining soyasi o‘z qadami bilan yigirma yarim qadamga yetsa, peshin namozining vaqti chiqqan hisoblanadi. Ya'ni, yettining ikki barobari o‘n to‘rt qadam, unga hut oyidagi asliy soyasi miqdori - olti yarim qadam qo‘shilsa, jami yigirma yarim qadamdir.
Asr namozining vaqti peshin namozi vaqti tugaganidan boshlab, to quyosh botgunchadir.
Shom namozining vaqti quyosh botishi bilan boshlanadi va g‘arbiy ufqda qizil shafaq yo‘qolguncha davom etadi.
Qizil shafaq yo‘qolganidan so‘ng xufton namozining vaqti kiradi. Subhi sodiqqacha xufton namozini o‘qisa bo‘ladi.
Vitr namozining vaqti xufton namozining vaqtidir. Ammo vitr namozini xufton namozidan so‘ng o‘qish vojib. Xufton namozini o‘qimasdan vitr namozini o‘qish mumkin emas.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.