background
logotype
image1 image2 image3

Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan kesib o‘tish mumkinmi?

Savol: Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan kesib o‘tish mumkinmi?

Javob: Kichik masjidda namoz o‘qiyotgan kishining oldidan kesib o‘tish gunohdir. Imom Buxoriy «Sahih»larida Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) shunday rivoyat qiladilar: «Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan kesib o‘tuvchi qancha gunohkor bo‘lishini bilganida edi, uning oldidan kesib o‘tmay, qirq yil kutib turardi va bu yaxshi bo‘lardi». Katta masjidda yo ochiq joyda sutra qo‘ymay namoz o‘qiyotgan kishining oldidan sajda o‘rniga qarab turganida nigohi tushadigan joydan kesib o‘tish gunoh bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.