background
logotype
image1 image2 image3

Men yaqinda safarda bo‘lib qaytdim. U yerda bomdod namozining sunnatini o‘qimadim...

Savol: Men yaqinda safarda bo‘lib qaytdim. U yerda bomdod namozining sunnatini o‘qimadim, qarindoshlarim meni gunohkor qilishdi. Uyga kelgach, hadis kitoblarida Payg‘ambarimizning bomdod namozi sunnatini o‘qimaganlarini ham, o‘qiganlarini ham topdim. Keyin ilmli deb bilgan ikki birodarimdan so‘radim. Biri, o‘qilmaydi, ikkinchisi, Imomi A'zam mazhabidagilar o‘qiydi, deb javob berdi. Sizlardan iltimos, menga aytilgan uchta javobning qay biri to‘g‘ri ekani haqida javob bersangiz, mendan boshqa muxlislaringizga ham foydali bo‘lsa ajab emas.

Javob: Bomdod namozining sunnatini Payg‘ambarimiz alayhissalom, xoh muqim, xoh musofir bo‘lsin, hech qoldirmaganlar va u sunnati muakkada sanaladi. Shunga ko‘ra, bomdod farzining qazosi sunnati bilan birga ado etiladi. Endi uni safarda tark etish masalasiga kelsak, imkon boricha o‘qiladi, ammo o‘qilmay qolsa, gunoh bo‘lmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.