background
logotype
image1 image2 image3

Kusuf va xusuf nima?

SavolYaqinda kusuf va xusuf namozi haqida o‘qib qoldimUlar qanday namoz va qay tartibdao‘qiladi?

JavobKusuf namozi quyosh tutilganda o‘qiladi. U ikki rakatdir. Uni juma namozini o‘qib beradigan imom masjidda qavm bilan qiroatni ichida uzun qilib o‘qishi sunnatdir. Imom namozdan so‘ng quyosh tutilishi tugaguncha qarab tik turib yo qiblaga yuzlanib o‘tirib duo qiladi. Qavm ichida «amiyn», deb turadi.

Agar juma namozini o‘qib beruvchi imom hozir bo‘lmasa, kishilar uylarida kusuf namozini tanho o‘qiydilar.

Xusuf namozi oy tutilganda o‘qiladi. Xusuf namozi ham ikki rakatdir, ammo xusuf namozini hamma uyda tanho o‘qiydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.