background
logotype
image1 image2 image3

Ko‘ylagimning cho‘ntagi ustida tirnoqday ot tasviri tushirilgan ekan...

Savol: Ko‘ylagimning cho‘ntagi ustida tirnoqday ot tasviri tushirilgan ekan. Masjiddagi bir namozxon: «Namozing makruh bo‘ldi», dedilar. Shu gapda jon bormi?

Yana bir savolim bor: jamoat bilan namoz o‘qiyotganimda qarshimdagi namozxonning yengli maykasida burgut tasviri bor ekan. Shunda namozimni buzib, boshqa safga o‘tishim kerakmidi?

Javob: «Xulosa» kitobida shunday deyilgan: Jonzot tasviri bo‘lgan kiyimni kiyish, u bilan namoz o‘qisa ham, o‘qimasa ham makruhdir». Jonzot tasviri bor kiyimda namoz o‘qish ham makruh hisoblanadi. Shuningdek, namoz o‘qiyotganda o‘ngda, chapda, tepada, ro‘parada, sajda joyida jonzot tasviri bo‘lsa, namoz makruh hisoblanadi. Ammo makruh uchun namoz buzilmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.