background
logotype
image1 image2 image3

Istalgan ikki rakatda qiroat qilinsayu boshqalarida qiroat qilinmasa, tarki vojib hisoblanadimi?

Savol: Namozning farzlari sanalganida farz namozining istalgan ikki rakatida qiroat qilish farz, deyilgan. Vojiblari sanalganida «uch va to‘rt rakatli farz namozlarining oldingi ikki rakatida qiroat qilish vojib», deyilgan. Masalan, farz hukmiga rioya etgan holda istalgan ikki rakatda (deylik, birinchi va uchinchi yoki yana boshqacha) qiroat qilinsayu boshqalarida qiroat qilinmasa, tarki vojib hisoblanadimi? Bunday namozning hukmi nima bo‘ladi?

Javob: Ha, tarki vojib bo‘ladi. Agar adashib shunday o‘qilsa, sajdai sahv bilan o‘nglanadi, ammo ataylab tark qilsa, namozi haromlik bilan ado etilgan bo‘ladi. Zero, har qanday vojibni ataylab tark qilish haromdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.