background
logotype
image1 image2 image3

Begona joyda qiblaning qaysi tomondaligini topolmagan kishi nima qiladi?

Savol: Begona joyda qiblaning qaysi tomondaligini topolmagan kishi nima qiladi?

Javob: Bizning diyorimizda qibla (Ka'ba) quyosh botar tarafdadir. Aniqrog‘i, quyosh yozda qish faslidagidan ko‘ra o‘ngroq tomonda botishidan, quyosh botish chizig‘i uchga taqsim qilinadi va ikki hissasi o‘ngda qoldiriladi, chapda qolgan bir hissa Ka'ba tomoni, deb qabul qilingan.

Kimki dushmandan, yirtqich hayvondan yoki o‘g‘ridan xavf qilgani uchun qiblaga qarab o‘qishdan qo‘rqsa, qodir bo‘lgan tarafiga qarab namoz o‘qishi joiz.

Kemada (poezdda) farz yoki nafl namozni o‘qimoqchi bo‘lgan odamga yuzini qiblaga qilish vojib bo‘ladi.

Hatto namoz boshlangandan keyin kema boshqa tomonga qarab burilsa, namoz o‘quvchi ham namoz o‘qigan holda yuzini qiblaga to‘g‘rilashi kerak.

Qiblaning qayoqdaligini bilmagan kishi, oldida so‘raydigan odam bo‘lmasa, o‘zi qasd qilib bir tomonga qarab o‘qiydi. Agar namoz o‘qib bo‘lganidan keyin qibladan boshqa tarafga qarab o‘qiganini bilib qolsa, namozni qayta o‘qimaydi. Bordiyu namozning ichida qiblani aniq bilib qolsa, namozda turgan holda qiblaga qarab buriladi.

Qiblani qalban qasd qilmay namoz o‘qilsa, qiblaga qaragan bo‘lsa ham, namoz durust bo‘lmaydi. Zero qibla noaniq va so‘raydigan kimsa bo‘lmagan holda qalban bir tarafni qiblaning tarafi deb qasd etish farz bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.