background
logotype
image1 image2 image3

Azon qanday aytiladi?

SavolAzon aytuvchi (muazzin)ning sifatlari qanday bo‘lishi kerak va u nimalarga e'tiborberishi lozim?

JavobMuazzin oqil, solih, taqvodor, sunnatlarni va namoz vaqtlarini bilgan kishi bo‘lishi kerak. U namozxonlar hozir bo‘lish miqdorida azon va takbir orasida kutishi kerak. Shom namozida azon va takbir orasida uch qisqa oyat o‘qiladigan darajada kutiladi.

SavolAzon qay holatda makruh hisoblanadi?

JavobAzon kalimalarini noto‘g‘ri talaffuz qilib, qo‘shiqqa o‘xshatib (talqin) aytish, junub holatda azon aytish, balog‘atga yetmagan bola, telba, mast, fosiq (gunohi kabira qilib, shariat amrlarini bajarmagan kimsa) va o‘tirgan kishilarning azon aytishlari makruhdir. Bunday hollarda azonni takroran aytish mustahabdir. Takbir (iqomat) takror aytilmaydi.

SavolJuma kuni peshin namoziga azon aytiladimi?

JavobYo‘q, juma kuni uzr bilan juma namoziga bormaganlarning peshin namoziga azon va iqomat aytishlari makruhdir.

SavolMuazzin iqomatni yurib aytishi mumkinmi?

JavobMuazzin azon va iqomat aytayotganida yurishi va gapirishi joiz emas. Chunki bu ikkisi namoz singaridir. Agar «Qod qomatis-solah»ga kelsa, ixtiyorlidir: iqomatni joyida tugatishi yoki boshqa safga o‘tish uchun yurishi mumkin («Fatovoi Qozixon»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.