background
logotype
image1 image2 image3

Azon aytilsa, namoz buziladimi?

SavolBiz ayollar masjidga chiqmaymizBa'zan namoz vaqti kirib namoz boshlasakmasjiddaazon aytib qolinadiShunda namozni buzishimiz kerakmi?

JavobAzon namoz vaqti kirganini bildirish uchun aytilmaydi. Azon erlarning farz namozlari uchun aytiladi. Bu ularga sunnati muakkada (ta'kidlangan sunnat)dir. Ayollar namoz uchun azon aytishmaydi, ular namoz o‘qiyotganlarida azon aytilsa, namoz buzilmaydi.

Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, vaqti kirishi bilan namozni o‘qiydilar. Zero, ayollarga hamma namozni kirishi bilan o‘qish a'lodir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.