Yurtchilik ekan, qishlog‘imizda bir qariya vafot etdi...
Savol: Yurtchilik ekan, qishlog‘imizda bir qariya vafot etdi. Farzandlar to odamlar to‘plangunicha nima qilishni bilolmay, dovdirab qolishibdi. Shunday holatda nima qilish kerak?
Javob: Kishining o‘limi yaqinlashgani sezilsa, yuzini qiblaga qaratib, o‘ng yonboshi ila yotqizib qo‘yish sunnatdir. Bizning o‘lkalarda chalqancha yotqizib qo‘yish ham ixtiyor qilingan. So‘ngra xastaning oldida kalimai shahodat aytib turiladi. Xasta ham aytsa, boshqa takrorlanmaydi, aytmasa, aytishga majburlanmaydi. Joni chiqqach, iyagi bog‘lanadi. Qo‘llari yonga qilinib, oyoqlari juftlab qo‘yiladi. Ko‘zi yumiladi. Qorni shishib ketmasligi uchun oyna, pichoq yoki shunga o‘xshash narsa bilan bostirib qo‘yiladi. Kiyimlarini yechib, ustini yopib qo‘yish mustahab. So‘ng boshqalarga xabar qilinadi. Xush bo‘y taratish uchun atrofida isiriq tutatiladi yoki rayhon qo‘yiladi.
Mayitni avvalo g‘assol qo‘lqop kiyib istinjo qildiradi, keyin tahorat qildiradi: yuzi, so‘ngra ikki qo‘li tirsagi bilan qo‘shib, yuviladi, so‘ng boshi mash qilinadi, keyin ikki oyog‘i oshig‘i bilan qo‘shib yuviladi. Shundan so‘ng, avvalo, o‘ng tomoni, keyin chap tomoni, yuviladi. Norasida bola bo‘lsa, g‘usl qilish kifoyadir.
O‘lik yuvilayotganda og‘ziga, burniga suv yuborilmaydi, tirnog‘i olinmaydi, sochlari taralmaydi.
Erkaklarning kafani uch qavat bo‘ladi: 1) izor, ya'ni boshidan oyog‘igacha; 2) qamiys - bo‘ynidan oyog‘igacha; 3) lifofa - yana boshidan oyog‘igacha. Ayollarning kafani ham shu uchalasidan va yana himor (yuziga yopiladi) va xirqa - ko‘krakdan tizzasigacha bo‘lgan enli matodan iborat bo‘ladi.
Shu tariqa kafanlashga mato yetmasa, erkaklarga izor va lifofa, ayollarga izor, lifofa va himor kifoyadir.
Kafan yechilib ketishi xavfi bo‘lsa, bog‘lab qo‘yiladi, bog‘ichlar mayyit lahadga qo‘yilganda yechib yuboriladi.
Kafanlanib bo‘lgach, janoza namozi o‘qiladi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.