background
logotype
image1 image2 image3

Yaqinda qo‘shnimiz kun botishidan oldin vafot etdi. Qarindoshlari kechasi dafn qilib kelishdi...

Savol: Yaqinda qo‘shnimiz kun botishidan oldin vafot etdi. Qarindoshlari kechasi dafn qilib kelishdi. O‘likni shuncha tez ko‘mish joizmi?

Javob: Dinimiz mayyitni imkoni boricha tezroq dafnga hozirlab, janozasini o‘qish va qabrga qo‘yishni targ‘ib qiladi. Bu shariatimiz ko‘rsatmasi bo‘lsa, mayyitga hurmatdir. Zero, o‘lik tana uzoqroq vaqt qolsa, o‘zgarishi, hidlar paydo qilishi mumkin. Bu holdan tiriklarga ham ozor yetadi.

Payg‘ambarimiz alayhissalom sahobalardan bittasini tunda dafn etganlar. Hazrati Abu Bakr Siddiq vafot etganlarida ham, Imom Buxoriy rivoyatlariga ko‘ra, tong otguncha dafn etilganlar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.