background
logotype
image1 image2 image3

Xalqda «Aza uch kundir», degan gap yuradi. Nima, uch kundan so‘ng marhumga aza tutib bo‘lmaydimi?

Savol: Xalqda «Aza uch kundir», degan gap yuradi. Nima, uch kundan so‘ng marhumga aza tutib bo‘lmaydimi?

Javob: Islom dinida aza tutish, birovga ta'ziya bildirish bor. Eri o‘lgan xotindan boshqa musibatzadalarning aza tutish muddati uch kundan oshmasligi kerak. Ta'ziya bildiradiganlar shu uch kun ichida musibat tushgan qarindoshi, yaqini, oshna-og‘aynilariga bir marta ta'ziya bildirib, musibat yetgan kishining ko‘nglini ko‘tarib, unga tasalli berishi mustahabdir. Fatvo kitoblarida mabodo kishining uch kun ichida ta'ziya izhor qilishga vaqti bo‘lmasa yo musibat yetgan kishi uyida bo‘lmasa, boshqa vaqtda ham ta'ziya izhor qilsa bo‘ladi, deyilgan.

Lekin eri vafot etgan ayolning azasi (idda) muddati Qur'oni karimda to‘rt oy-u o‘n kun deb belgilangan.

Eri vafot etgan ayol aza muddatida yasanmaydi, xushbo‘y narsalar surmaydi, pardoz qilmaydi, aza uchun maxsus rangli kiyim kiymaydi. Balki kamtarona kiyinadi va shu muddatda boshqaga turmushga chiqmaydi hamda bunga harakat ham qilmaydi.

Yetti, yigirma, qirq, yil oshi, qora kiyim kiyish, ovoz chiqarib yig‘lash, bir yilgacha to‘y qilmaslik, oq kiyar, kir yuvish kabi marosimlar shariatimizda yo‘q.

O‘lganga marsiya aytib, o‘zini urib, yoqa yirtib yig‘lash man etilgan. Bu haqda Rasuli akramdan (s.a.v.) ko‘plab hadisi shariflar vorid bo‘lgan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.