Tobut qanday ko‘tariladi?
Savol: Hurmatli «Dinda savolim bor...»ning xodimlari, iltimos, tobutni ko‘tarish va mayyitnidafn qilish tartibi haqida ma'lumot bersangiz.
Javob: Tobutning to‘rt dastagidan to‘rt kishi yelkalariga qo‘yib ko‘tarishi sunnatdir. Bir paytning o‘zida to‘rtdan ortiq kishilarning tobutga yopishib olishlari sunnatga xilofdir. Tez-tez almashganda ham ko‘taruvchilar soni to‘rtdan oshib ketmasligi kerak.
Tobutni ko‘taruvchilar chayqalmaydigan darajada tez yuradilar. Qolganlarning tobut ortidan yurishlari fazilatlidir. Oldinga o‘tib olib, saf tortib yurishlari sunnatga xilofdir. Qabristonga borganda tobut yerga qo‘yilguncha o‘tirilmaydi. Tobut yerga qo‘yilgach, tik turish makruhdir.
Ayol mayyitni uning mahrami qabrga qo‘yishi a'loroqdir. Ayolni qo‘yishda usti to‘sib turiladi. Mayyitni qabrga qo‘yuvchi «Bismillahi va ‘ala millati rasulillahi», deyishi kerak.
Mayyit qabrga qo‘yilgach, kafan ochilib ketmasligi uchun bog‘langan bog‘ichlar yechib qo‘yiladi. Qabrda mayyit yuzi qiblaga burib qo‘yiladi.
Qabr ustiga binolar qurish va yozish makruhdir. «Mayyitni Alloh taolo mag‘firat qilsin, rahmatiga olsin, sizga sabr bersin», deb ta'ziya bildirish mustahabdir.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.