background
logotype
image1 image2 image3

Ta'ziya odoblari qaysilar?

SavolMarhumning yaqinlariga ta'ziya bildirishning qanday odoblari bor?

JavobMotam eri o‘lgan xotindan boshqa musibatzada kishilar uchun marhum vafot etgan vaqtdan boshlab uch kecha-kunduzdir. Mazkur uch kecha-kunduzdan so‘ng azani davom ettirish va ta'ziya bildirish makruhdir. Ammo u kunlari azaxonada bo‘lmagan marhum yaqinlari ta'ziya qabul qilishlari va kelolmagan kishilar keyin ham ta'ziya bildirishlari joizdir.

Eri o‘lgan xotin esa to‘rt oy-u o‘n kun aza tutadi, idda o‘tiradi. Bu vaqt ichida u bezanmaydi, behojat uyidan chiqmaydi. Agar zarur ish bilan chiqsa ham, qaytib uyida tunaydi.

Ta'ziya qabul qilish uchun hovli eshigi oldida joy qilib o‘tirish makruhdir. Birinchi kuni qo‘shnilar va uzoq qarindoshlarning azadorlarga taom tayyorlab yuborishlari mustahab, savobli amallardandir. Zero, Rasululloh (s.a.v.) shunday qilishga buyurganlar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.