background
logotype
image1 image2 image3

Ta’ziya marosimlarida ayollarga hadeb ovoz chiqarib yig‘layvermanglar, deyishadi...

Savol: Ko‘pincha ta'ziya marosimlarida keksalar yig‘layotgan ayollarga hadeb ovoz chiqarib yig‘layvermanglar, bu - yaxshi emas, deyishadi. Shu to‘g‘rimi?

Javob: Farzandlarning vafot etgan - ota-onalari uchun yoki ota-onaning jon taslim qilgan bolalari uchun ko‘z yoshi to‘kib ovoz chiqarmay yig‘lamoqlari joizdir. Ammo ovoz solib yig‘lash marhumga azob beradi. Bu haqda shunday hadislar bor: «Oila a'zolarining ovoz chiqarib yig‘lamog‘i tufayli marhum azoblanadi».

«O‘zingizni tuting, marhumning ortidan baqirib-chaqirmangiz! Bu johiliyat davrining odatlaridandir».

«Marhum uchun yuzini tirmalagan, yoqasini yirtgan va o‘zini halok etishni istagan xotinga Allohning la'nati bo‘lsin!».

«Biror yaqin kishisi o‘lganda baland ovoz bilan yig‘lagan, sochini yulgan, yuzini tirmalagan va kiyimlarini yirtgandan uzoq bo‘linglar!»

Alloh taolodan marhumning gunohlarini kechirishini, qabr azoblaridan xalos etishini tilab, shafqat va marhamat yuzasidan ko‘z yoshi to‘kib, sassiz yig‘lamoq joiz. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o‘g‘illari Ibrohim vafot etganida yum-yum ko‘z yosh to‘kib yig‘lagan ekanlar. Buning sababini so‘raganlarida: Marhamatimdan yig‘layman. Ko‘zimizdan yosh oqadi, yuraklarimiz mahzun..., dedilar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.