background
logotype
image1 image2 image3

«Shu kishining qarzini to‘lashni bo‘yningizga olasizmi?» deb so‘raydi...

Savol: Vafot etgan kishining janozasida imom-xatib vorislarning biridan «Shu kishining qarzini to‘lashni bo‘yningizga olasizmi?» deb so‘raydi. Qariyb hamma (ba'zan jamoatdan uyalib bo‘lsa kerak): «Ha, to‘layman», deb javob beradi. Shunda va'da berib yuborgan odamning bo‘yniga qarz qoladimi? Yoki qarzlarni olgan shaxs to‘layolmay vafot etib qolsa, unda nima bo‘ladi?

Javob: Ma'lumki, zimmadagi qarz uni ado etmaguncha yoki kechilmaguncha yo qarz sababi bekor qilinmaguncha soqit bo‘lmaydi. Binobarin, qarzini uzmay vafot etgan qarzdor oxiratda javob beradi. Uni oxirat azoblaridan xalos qilish uchun yaqinlaridan biri marhumning qarzini ado etishni zimmasiga olar ekan, bu narsa kafilning o‘z molidan marhum qarzini to‘lashini anglatmaydi. Zero, kafillik haq talab qilinishida qarzdor bilan birga javobgar bo‘lishdir («Muxtasar-ul viqoya»).

Marhum qoldirgan mol, avvalo, uni kafanlash va ko‘mish ishlariga sarflangach, vorislar haqqini olishidan oldin qarzni ado etish muhim bo‘lgani uchun uning qarzi uziladi. Aynan shu ishda kafil bosh bo‘lishi lozim. Binobarin, kafil marhum qarzlarini u qoldirgan moldan uzishni zimmasiga olgan shaxsdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.