background
logotype
image1 image2 image3

Mayyitni yuvganda g‘usl shartmi?

Savol: «Mayyitni yuvgan kishi g'usl qilishi, tobutni ko'targan kishi tahorat olishi kerak», degan gapni eshitdim. Shu gaplarda asos bormi?

Javob: Mayyitni yuvgan kishiga g'usl qilish, tobut ko'targan kishiga tahorat olish lozim emas. Ibn Abbos roziyallohu anhu bu haqda shunday deganlar: «Badandan biror narsa chiqsa, tahorat qilish kerak. Musulmon mayyit tohirdir (pokdir). Tohir narsani ushlash tahoratni sindirmaydi. Agar najas bo'lganida ham najasni ushlash tahoratni ketkazmaydi. Quruq cho'p (tobut)ni ushlash bilan tahorat lozim bo'lmaydi. Agar yuvguvchi mayyitni yuvganida badaniga nopok suvlar teksagina, u yuvinishi kerak» (Saraxsiy, «Mabsut»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.