Mayyit qanday kafanlanadi? Erkak va ayolni kafanlashda qanday farq bor?
Savol: Mayyit qanday kafanlanadi? Erkak va ayolni kafanlashda qanday farq bor?
Javob: Mayyitni kafanlash farzi kifoyadir. Er kishilarning kafani uchtadir: izor, qamis va lifofa. Izor boshdan-oyoqqacha, lifofa undan biror qarich uzun, ularning enlari mayyitni o‘raydigan darajada bo‘ladi. Qamis bo‘yiga teng ikki buklanib, o‘rtasi bo‘yin kirish uchun erkaklarga eniga, ayollarga uzuniga yirtilgan, uzunligi mayyit bo‘ynidan oyog‘igacha, eni mayyit badanini yopadigan bo‘ladi.
Ayollarning kafani beshta: qamis, izor, lifofa, ximor va xirqadir. Ximor ayol boshiga kiygiziladi. Ximor eni bir qarich, uzunligi bir metrga yaqin matodir. Xirqa ayol ko‘kragidan tizzasigacha bo‘lgan enli mato. Kafanlash tartibi shunday: erkaklarga avval qamis kiygiziladi, so‘ng izorga qo‘yiladi. Izorning avval chap tomoni o‘raladi, so‘ng o‘ng tomoni o‘raladi. Izordan so‘ng lifofa ham shu tartibda o‘raladi. Kafan yoyilib ketmasligi uchun ikki boshi va o‘rtasidan bog‘ich bilan bog‘lab qo‘yiladi.
Ayollarga ham avval qamis kiygiziladi va sochlari ikki o‘rim qilib, uning ustidan ko‘kragiga qo‘yiladi. So‘ng ximor paranjiga o‘xshatib yoyib boshiga yopiladi. Keyin izor va lifofaga mazkur tartibda qo‘yiladi. Lifofa ustidan xirqa o‘raladi. Kafanning oq matodan bo‘lishi mustahabdir.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.