background
logotype
image1 image2 image3

Masjid hovlisida janoza o‘qiyotganimda bir gal yonimdagi kishi tuflisini yechib, ustiga turib o‘qidi

Savol: Masjid hovlisida janoza o‘qiyotganimda bir gal yonimdagi kishi tuflisini yechib, ustiga turib o‘qidi. Sababini so‘ray olmadim. Odatda ko‘pchilik oyoq kiyimida o‘qiyveradi-ku? Bunda jiddiy farq bormi?

Javob: Janoza namozini ham boshqa namozlar kabi pok joyda ado etish shartdir. Najas ustida turib o‘qilgan namoz durust bo‘lmaydi. Odatda oyoq kiyimlar bilan har xil joyda yurilganidan ularning najasdan xoli bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Shuning uchun janoza namozida imomdan boshqa odamlar joynamozda turmaganliklari uchun oyoq kiyimlarini yechib, uning ustiga oyoqlarini bosib turishlari kerak. Bunda oyoq kiyimi ikki qavat kiyim hukmiga o‘tadi. Qavilmagan ikki qavat kiyimning bir qavati nopok bo‘lsa, ikkinchi pok qavatida namoz o‘qish joizdir («Muxtasar ul-viqoya» va «Hadiyyatus su'luk» kitoblari asosida tayyorlandi).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.