background
logotype
image1 image2 image3

Janoza namozini o‘qish tartiblari qanday?

Savol: Janoza namozini o‘qish tartiblari qanday?

Javob: Mayyit kafanlangach, unga janoza namozi o‘qiladi. Janoza namozi farzi kifoya - ya'ni, biror musulmon o‘qisa, barchadan soqit bo‘ladi. Aks holda barcha gunohkor bo‘ladi.

Janoza namozining takbiri to‘rt takbir bo‘lib, o‘qilinadigan sano, durud va duolar sunnatdir. Demak, mazkurlarni bilmagan kishi ham komil tahorat qilib, mayyit ko‘kragi to‘g‘risida turib niyat qilib, to‘rt takbir («Allohu akbar») aytsa, janoza namozi joiz bo‘ladi.

Janoza namozi uchun avval niyat qilib bo‘lgach, qo‘llarining bosh barmog‘ini quloq yumshog‘iga tekkizgan holda takbir aytadi. So‘ng sano o‘qib, yana takbir aytadi, ammo qo‘llarini ko‘tarmaydi. Uchinchi takbirdan oldin durud (salovot), to‘rtinchi takbirdan oldin esa duo o‘qiladi. Takbir aytilganda boshlar ko‘tarilmaydi. Shuni unutmaslik kerakki, besh vaqt namozga nimalar shart qilingan bo‘lsa, janoza namoziga ham shartdir. Mazkur shartlar ichida namozni pok joyda ado etish shartiga to‘xtalsak. Oyoq kiyimi najasotdan xoli bo‘lmasligi isbot talab qilinmaganligidan «Hadiyyatus-su'luk» kitobida zikr qilinganidek, janoza namozini ado etishda oyoqni oyoq kiyimidan chiqarib, uning ustiga, agar yer quruq bo‘lsa, yerga qo‘yib turishi zarurdir.

Tug‘ilgandan so‘ng ovoz chiqarib uzilgan go‘dakka nom qo‘yiladi, yuviladi va janoza o‘qiladi. Agar o‘lik tug‘ilsa, nom qo‘yilib, yuvilib, janozasiz dafn qilinadi. Tushik esa lattaga o‘rab ko‘miladi, xolos.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.