background
logotype
image1 image2 image3

Janoza namozi arkonlari qaysilar?

Savol: Janoza namozini ado etamiz-u, arkonlarini yaxshi bilmaymiz. Iltimos, shu haqda ham yozsangizlar.

Javob: Janoza namozi farzi kifoyadir. Besh vaqt namoz maqbulligi uchun shartlar janoza namozining maqbulligi uchun ham shartdir. Bunga qo'shimcha holda mayyit musulmon va yuvilgan bo'lishi hamda janoza namozini o'quvchining oldida bo'lishi ham shartdir. Mayyit yuvilmay, janoza namozi o'qib ko'milgan bo'lsa, qabriga qayta janoza o'qiladi.

Janoza namozi to'rt takbirdan iborat. U bunday ado etiladi: janoza namozini xolis Alloh uchun imomga iqtido etib o'qishni niyat qiladi. Takbir aytib (ya'ni, «Allohu akbar», deb) qo'llar ko'tariladi. Bunda bosh barmoqlar quloq yumshog'iga tegishi kerak. So'ng qo'llar namozdagi tartibda bog'lanib, namozda o'qiladigan sano o'qiladi va yana takbir aytiladi. Keyin namozda tashahhud («Attahiyyot...»)dan keyin o'qiladigan salovot o'qilib, uchinchi takbir aytiladi va mayyit hamda musulmonlar haqiga duo o'qib, to'rtinchi takbir aytiladi, so'ng salom beriladi.

Janoza namoziga niyat qilib takbir aytilgandagina qo'llar ko'tariladi. Qolgan uch takbirda qo'llar ko'tarilmaydi, bosh mutlaqo ko'tarilmaydi.

Tirik tug'ilib o'lgan chaqaloqqa nom qo'yiladi, yuviladi va janoza o'qiladi. O'lik tug'ilgani yuvilib, nom qo'yilib, janozasiz dafn qilinadi. Tushik esa lattaga o'rab ko'miladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.