background
logotype
image1 image2 image3

Ikki mayyitga bir janoza o‘qisa bo‘ladimi?

SavolBir masjidda ikkita mayyitga bitta janoza o‘qildiShu to‘g‘rimi?

JavobIkki-uch mayyit to‘planib qolsa, ularga bitta janoza o‘qisa bo‘ladi. Ammo ularning janozalari alohida-alohida o‘qilsa yaxshiroqdir. Qaysi biri avval kelsa, shunisiga birinchi o‘qiladi. Agar teng kelib qolsa, marhumlardan fazilatli kishining janozasi oldin o‘qiladi. Qolganlari ham fazilatiga qarab navbati bilan o‘qiladi.

Imom bir necha mayyitning janozasini birdaniga o‘qimoqchi bo‘lsa, har bir mayyitning ko‘ksi imomning ro‘parasiga to‘g‘rilab qo‘yilgan holda saf qilinadi, keyin janozalari o‘qiladi. Bunda ham tartibga rioya qilinadi: imomga yaqin joyga avval erkak, keyin o‘g‘il bola, so‘ngra xunasa va keyin ayol mayyiti qo‘yilib, janozasi o‘qiladi.

Agar zarurat yuzasidan bir necha mayyit bir qabrga ko‘miladigan bo‘lsa, janozada qo‘yilgan tartibning aksicha bo‘ladi: qibla tomonga erkaklar, o‘g‘il bolalar, keyin ayollar qo‘yiladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.