background
logotype
image1 image2 image3

«G‘assol murdani yuvgandan so‘ng o‘zi ham yuvinib olmasa, janoza namozini o‘qishi mumkin emas»mi?

Savol: «G‘assol murdani yuvgandan so‘ng o‘zi ham yuvinib olmasa, janoza namozini o‘qishi mumkin emas» degan tushuncha asoslimi yo xatomi?

Javob: «G‘assol murdani yuvgach, o‘zi ham yuvinishi vojib», deyilgan hukm fiqhiy kitoblarimizda yo‘q. Ammo yuvinishi mustahab, deyilgan. Demak, g‘assol janoza namozidan oldin imkonini topsa, g‘usl qilib olishi maqbul ishlardan, lekin shart emas, ya'ni, imkoni bo‘lmasa, yuvinmasdan janoza namoziga qo‘shilishi mumkin. Zero, janoza namozida hozir bo‘lish uning zimmasidagi va marhum birodari oldidagi burchidir. Demak, siz yo‘llagan savoldagi tushuncha xato.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.