background
logotype
image1 image2 image3

Dafn va ta'ziya odoblari

SavolKo‘pchilik marhumni dafn etishta'ziya bildirish tartib-qoidalaridan bexabarBuningustiga mayyitga atab turli marosimlar o‘tkazish avjga chiqyaptiBu boradagi shariat hukmlari,ta'ziya odoblari haqida ma'lumot bersangiz.

JavobHar bir musulmon bandaning zimmasida ikkinchi musulmon birodarining ba'zi haq-huquqlari bor. Chunonchi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida bunday marhamat qilganlar: «Har bir musulmonning zimmasida ikkinchi musulmon birodarining oltita haqqi bor: uchrashganida salom berish; mehmonga chaqirsa, borish; maslahat so‘rasa, yaxshi maslahat berish; aksirib hamd aytsa, unga duo bilan javob qaytarish; betob bo‘lib qolsa, ko‘rgani borish; vafot etsa, janozasi va dafnida qatnashish».

Har bir kishi musulmon qardoshi vafot etsa, uning janozasida hozir bo‘lishi zarur. Mayyitning barcha qarindoshlariga ta'ziya bildirib, Allohning hukmiga rozi bo‘lish, musibatga sabr qilishlari haqida nasihatlar aytish, marhumning haqqiga rahmat va mag‘firat so‘rab yaxshi duo qilish mustahabdir.

Kim vafot etishidan qat'iy nazar, uning yaqinlari uch kundan ko‘p motamsaro bo‘lib yurishlari haromdir. Eri o‘lib iddada qolgan xotingagina motam muddati to‘rt oy-u o‘n kundir.

Ta'ziya uch kun ichida bildiriladi. Ammo birodarining olamdan o‘tganini bu kunlarda eshitmagan yo safarda bo‘lgan kishilar uch kundan so‘ng ham ta'ziya bildirishlari mumkin.

Ta'ziya bir marta bildiriladi. Ikki marta ta'ziya bildirish makruhdir. Hayit kunlari yana kelib ta'ziya bildirish joiz emas. Musibat yetgan xonadonda uzoq qolib ketish ham yaxshi emas.

Uch kun ichida mayyit sohiblari taom hozirlab, kishilarni unga da'vat qilishlari makruhdir, qabih bid'atdir. Aksincha, bu kunlar ichida qo‘shnilar va uzoq qarindoshlar o‘z uylarida taom hozirlab, musibatzada xonadonga olib kelishlari mustahabdir.

Xudoyilarni «etti», «yigirma», «qirq», «payshanbalik», «yakshanbalik», «yil oshi», deb kunlarga bog‘lab va atab o‘tkazish bid'atdir.

Olamdan o‘tib ketganlarni unutmaslik lozim. Ularning ruhlari haqlariga duolar qilish, nafl ibodatlarning savoblarini bag‘ishlash bilan shod bo‘ladi. Shuni yaxshi bilmoq kerakki, xayr-ehson qilish mustahab amal bo‘lib, u shariat ta'limotiga muvofiq o‘tkazilgandagina ajru savob qozoniladi. Aslida ehson birorta muhtoj oilaga berilib, unga alohida saxovat ko‘rsatilsa, nur ustiga nur bo‘ladi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar va fatvo bo‘limi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.