background
logotype
image1 image2 image3

Safda qanday turish kerak?

Savol: Safda qanday turish kerak?

Javob: Jamoat namozida saflarning to‘g‘ri va jips bo‘lishi unda hozir bo‘lganlar o‘rtasida mehr-muhabbat va do‘stlikni mustahkam qiladi. Shuning uchun imom jamoat namozida hozir bo‘lganlarni saflarni to‘g‘ri va jips tortishga buyurishi kerak.

Agar ikki kishi jamoat namozini o‘qisa, biri imom bo‘lib, ikkinchisi uning o‘ng tomonidan bir qadam orqada, ya'ni, oyoqlarining uchini imom oyoqlarining tovonlariga barobar qilib turadi. Agar uch kishi jamoat namozini o‘qisa, ulardan imom bo‘lgani oldinga o‘tadi, qolgan ikkisi imom orqasida oyoqlarining to‘piqlarini bir chiziqqa qilib, zich turishadi.

Safning to‘g‘riligi oyoq to‘piqlarining bir chiziqda turishi bilan bo‘ladi. Jamoat ko‘p bo‘lib, bir necha saf tortilsa, saflar imom ortidan o‘ng va chapga teng to‘ldirib boriladi. Kelgan odam oldingi safda bo‘sh joy bo‘lganida keyingi safga turmasligi kerak. Yosh bolalar kattalardan so‘ng saf tortadilar. Agar jamoatda birgina yosh bola bo‘lsa, u kattalar safiga qo‘shiladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.