background
logotype
image1 image2 image3

Ruku' va sajdani imomdan oldin qilsa...

SavolBa'zi namozxonlar ruku' va sajdada imomdan oldinga ketib qolishadiBu holda ularqanday yo‘l tutishlari kerak?

JavobNamoz davomida imomdan oldin ruku' va sajda qilgan kishi qiroat qilmay, qo‘shimcha bir rakat o‘qishi lozim bo‘ladi. Zero, birinchi rakatda imomdan oldin qilgan ruku' va sujudi hisob bo‘lmay, ikkinchi rakatda ruku' va sujudi birinchi rakat hisobiga o‘tadi. Shuning uchun u yana bir rakat qo‘shishi kerak.

Namoz davomida imom bilan ruku'ni ado etib, sajdani imomdan oldin qilgan kishi esa qo‘shimcha yana ikki rakat qiroat qilmay o‘qishi lozimdir. Zero, birinchi rakatdagi sajdasi (imomdan oldin bo‘lganidan) hisob bo‘lmay, ikkinchi rakatdagi sajdasi birinchi rakat uchun hisoblanadi. Ikkinchi rakatdagi ruku'-sajdasiz qolganidan ikkinchi rakat o‘rniga o‘tmaydi. So‘ng to‘rtinchi rakat sajdasi uchinchi rakat uchun hisob qilinadi va to‘rtinchi rakat ham sajdasiz qolganidan hisoblanmaydi. Demak, yana ikki rakat o‘qishi kerak.

Namoz davomida imomdan oldin ruku' qilgan, lekin sajdani imom bilan qilgan kishi esa qiroat qilmay, yana to‘rt rakat o‘qishi lozim. Zero, sajda imom bilan qilingan bo‘lsa-da, imomdan oldin qilingan ruku' ham ruku'ga o‘tmaganidan hech bir rakat ado etilmagan bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.