Namozda safning hukmi qanday?
Savol: Jamoat namozida safda turishning bir qancha ahkomlari bor, deb eshitdim. Shularhaqida batafsilroq ma'lumot bera olasizlarmi?
Javob: Haqiqatan ham jamoat namozida saflarni to‘lg‘azish, saflarni bir tekis qilishga katta e'tibor beriladi. Bu borada Faxri Koinot sollallohu alayhi vasallamdan bir necha hadisi shariflar vorid bo‘lgan. Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar birinchi safda qanday savob borligini bilganlaringizda edi, avvalgi safni egallash uchun qur'a tashlar edingiz», dedilar» (Imom Muslim rivoyati).
Shuningdek, namozda saflarni oldingi qatordan boshlab to‘lg‘azish, orada bo‘sh joy qoldirmaslikka katta ahamiyat berish zarur bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Saflaringizni tekislanglar, chunki safning to‘g‘riligi namozning mukammal bo‘lishi (shartlari)dandir», dedilar.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Saflaringizni to‘g‘ri qilinglar, yelkalaringizni yonma-yon tutinglar, oralaringizni to‘lg‘azinglar, yonlaringizdagiga qo‘llaringizni muloyim qilinglar, ochiq joy qoldirmanglar, shayton kirib oladi. Kim safga qo‘shilsa, Alloh rahmatiga oladi. Kim safga qo‘shilmasa, Alloh rahmatiga olmaydi», dedilar» (Imom Abu Dovud rivoyati).
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.