background
logotype
image1 image2 image3

Muqim namozini qanday tugatadi?

SavolTo‘rt rakatli farz namozlarini musofirga iqtido qilib o‘qigan muqim qolgan ikki rakatniqanday tugatadi?

Javob: Musofir to‘rt rakatli farz namozda muqimlarga imom bo‘lgan bo‘lsa, ikki rakat o‘qib salom bergach, muqimlar turib qiroat qilmay, (qiyomda Fotiha surasini o‘qimasdan, bir tasbeh miqdori bo‘lib, har birlari mustaqil holda ruku'-sajda qilib), qolgan ikki rakatni o‘qiydilar. Oxirgi qa'dada tashahhud, salovot, duo o‘qib, o‘zlari salom beradilar («Olamgiriya»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.