background
logotype
image1 image2 image3

Muqim musofirga iqtido qiladimi?

SavolMuqim kishi safarda yurgan namozxonga iqtido qilsa bo‘ladimi?

JavobHa, bo‘ladi. Xoh namoz vaqti ichida, xoh vaqt chiqqanidan keyin bo‘lsin, muqim kishining musofirga iqtido qilishi durustdir. Musofirning muqimga namoz vaqtida iqtido qilishi ham durust. Musofir bunday holatda namozni muqim kabi to‘liq o‘qiydi. Ammo namoz vaqti chiqqach, musofirning muqimga iqtido qilishi durust emas.

Musofir muqimlarga imom bo‘lsa, namozni boshlamasdan avval yoki salom bergach, «Namozingizni tamomlang, men musofirman», deyishi mustahabdir. Muqim musofirga iqtido qilganida musofir namozini tamom qilganidan so‘ng qolgan ikki rakatini qiroat qilmasdan tamomlaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.