background
logotype
image1 image2 image3

Masjidda nimalar mumkin emas?

SavolMasjidda ba'zi ishlarni qilish makrubo‘larkanShu haqda kengroma'lumotberolmaysizlarmiJavobNamozxonlarning masjid ichida quyidagi ishlarni qilishlari makruh hisoblanadi:

1. Masjid ichidan uzrsiz yo‘l qilib olish.

2. Masjidda uxlash (ammo e'tikof o‘tiruvchi va joyi yo‘q musofirning masjidda uxlashi makruh emas).

3. E'tikof o‘tiruvchilardan boshqalarning masjidda ovqatlanishlari.

4. Zikr-tasbehlarda ovozni ko‘tarib namozxonlarga halaqit berish yoki cho‘chitib yuborish. (Agar namoz o‘qiyotgan yoki zikr-tasbeh qilayotgan kishilarga xalal bermasa, masjidda jahriy Qur'on o‘qib, Allohni zikr qilish afzaldir. Chunki jahriy zikrda zokirning qalbi uyg‘oq turadi, uyqusi qochib, ibodatni sergaklik bilan ado etadi)

5. Masjidda dunyo ishlaridan bo‘lgan gap-so‘zlarni gaplashish

6. Masjidda oldi-sotdi qilish.

7. Tahoratni ushlab turolmaydigan, masjidni najosat qilib qo‘yish ehtimoli bo‘lgan go‘daklarning masjidga kirishi

8. Masjidda tupurish, burun qoqish, balg‘am tashlash.

9. Yo‘qolgan narsani masjidda e'lon qilish.

10. Masjidda she'r aytish. (Ammo Haqqa da'vat qilish, hikmatli so‘zlar bilan Alloh ne'matini eslatish, Rasululloh alayhissalom sifatlari zikri, taqvodorlar sifati kabi mavzularda bo‘lsa, shu she'rdan da'vat asnosida foydalanish yaxshidir).

11. Masjid ichida tilanchilik qilish yoki tilanchiga pul berish.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.